11 Oktyabr 2024 yil
3683
Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar vazirining o‘rinbosari polkovnik M.T.Raxmatullayevning Mo‘ynoq tumanida sayyor qabuli o‘tkazildi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki
ishlar vaziri o‘rinbosari polkovnik Muzzafar Raxmatullayevning sayyor qabuli
o‘tkazildi. Sayyor qabulda fuqarolarning Ichki ishlar organlariga, shuningdek
tergov organlariga bog‘liq masalalar yuzasidan murojaatlari ko‘rib chiqildi.
Fuqarolar tomonidan yo‘llangan ko‘pchilik murojaatlar joyida hal qilinib, vaqt
talab qilinadigan murojaatlarga muddat belgilanib, ijrosini taʼminlash yuzasida
mutasaddi tashkilot rahbarlariga topshiriqlar berildi. Ayrim murojaat egalariga
huquqiy tushuntirishlar berildi.