Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari – Tergov boshqarmasi boshlig‘i tomonidan Taxiatosh tumanining kriminogen vaziyati og‘ir hamda “qizil” toifaga tushgan «Taxiatosh» mahallasi hamda Xo‘jayli tumanining kriminogen vaziyati og‘ir hamda “qizil” toifaga tushgan “Madaniyat” va «Shag‘alako‘l» mahallalari o‘rganildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 03.01.2025 yildagi «2025 yilda Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yana-da oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-1-sonli Qaroriga asosan amalga oshirilayotgan ishlari o‘rganilib, tegishli ko‘rsatmalar berildi. Shuningdek, Taxiatosh va Xo‘jayli tumani Ichki ishlar bo‘limlarining ish faoliyati o‘rganildi. O‘rganish davomida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sohaga oid Farmon va Qarorlarining ijrosi hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Ichki ishlar vazirligining 11.03.2025 yildagi Qo‘shma ko‘rsatmasi ijrosini to‘laqonli taʼminlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar tekshirildi. Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 24.04.2024 yildagi «Ichki ishlar organlarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ilash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida»gi 200-sonli buyrug‘iga asosan fuqarolar murojaatlari bilan ishlash ahvoli o‘rganilib, tegishli ko‘rsatmalar berildi.