16 Oktyabr 2024 yil 900

Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi tomonidan 2024 yil 9 oyi davomidagi ish faoliyati sarhisob qilindi

Joriy yilning 14 oktyabr kuni, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari polkovnik M.T.Raxmatullayev raisligida Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi va uning joylardagi bo‘linmalarining 2024 yil 9 oyi davomidagi ish ko‘rsatkichlarini muhokama qilish, erishilgan natijalar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar yuzasidan tezkor yig‘ilish o‘tkazildi. Tanqidiy ruhda o‘tkazilgan tezkor yig‘ilishda sohaviy xizmat tomonidan 2024 yil  9 oyi davomida erishilgan ijobiy natijalar bilan bir qatorda, tizimda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar, ularni kelib chiqishiga sabab bo‘lgan omillar, shuningdek, xodimlarning tartib va ijro intizomiga rioya qilishlari muhokama qilindi hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan maqsadli chora-tadbirlar belgilab olindi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov boshqarmasi

Text to speech