Mo‘ynoq tumanida navbatdagi sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 22 iyun kuni, Mo‘ynoq tumani Yoshlar markazida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi raisining o‘rinbosari S.Turmanov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori o‘rinbosari adliya katta maslahatchisi A.Shamuratov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari polkovnik M.Raxmatullayev va tegishli tashkilotlar rahbarlari hamda tumanning barcha sektor rahbarlari tomonidan Mo‘ynoq tumani aholisi uchun sayyor qabul o‘tkazildi. Sayyor qabul davomida, vazir o‘rinbosari polkovnik M.Raxmatullayev tomonidan bir nechta fuqarolarning turli masalalaridagi murojaatlari qabul qilindi. Jumladan, fuqarolarning “nafaqa pullarini qayta hisoblab berishda, turmush o‘rtog‘ining sud tomonidan 1 yil 6 oyga avtomashinani boshqarish huquqidan mahrum qilingan ma’muriy jazosini muddatidan oldin yengilroq jazoga almashtirish, ishga joy
lashtirib berish hamda o‘g‘liga safarbarlik chaqiruvi rezervidagi bir oylik xizmat yig‘ini o‘tashi uchun badal pullarini to‘lab berilishiga ko‘maklashishda amaliy yordam berish”
kabi masalalari ko‘rib chiqildi. Barcha fuqarolarning murojaatlari yuzasidan arizalari qabul qilinib, ijrosi nazoratga olindi.
Shuningdek, shu kuni, vazir o‘rinbosari polkovnik M.Raxmatullayev va Mo‘ynoq tumani hokimi Ye.Edenbayev bilan birgalikda Mo‘ynoq tumani IIBning barcha profilaktika inspektorlari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda, profilaktika inspektorlarning muammo va takliflari eshitilib, ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati