17 Fevral 2021 yil 907

Mo‘ynoq tumanida yoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi Xalq qabulxonasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi 4 sektor, Davlat xavfsizlik xizmati, Yoshlar ishlari agentligi, vazirlik va tashkilotlar raӽbarlari tomonidan «Temir daftar» va «Yoshlar daftar» ga ro‘yxatga olingan yoshlar bilan Mo‘ynoq tumanida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Dastlab «Yoshlar daftari»ga ro‘yxatga olingan yoshlar orasida tadbirkorlikga qiziquvchi fuqarolarga berilayotgan imkoniyatlar, tumandagi yangi ish o‘rinlari, Yoshlar “1+1” dasturining aӽamiyati, biznes g‘oyani amalga oshirish va ajratilayotgan subsidiyalarning yangi mexanizmi bo‘yicha interfaol usulda seminar trening tashkil etildi. Shuningdek, kiber jinoyatning oldini olishga oid videorolik namoyish etildi.
Uchrashuvga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik A.Temirxanov ishtirok etib tuman yoshlarni qabul qilib ularning muammo va masalalarini hal qilish bo‘yicha mutasaddi idoralar rahbarlariga tegishli topshiriqlar berildi.
Uchrashuvlar doirasida tumanning bir guruh yoshlariga dastlabki O‘zbekiston Respublikasi shaxs guvohnomalari topshirildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati

Text to speech