27 Mart 2021 yil 674

Mukofotlar o‘z egalariga topshirildi.

Joriy yilning 27 mart kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligida Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan taqdirlangan bir guruh xodimlarga mukofotlar topshirildi.
Tadbirga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri A.Temirxanov uning o‘rinbosarlari va vazirlikning shaxsiy tarkibi ishtirok etdi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar organlarida xizmat qilib kelayotgan bir guruh xodimlar jinoyatchilikka qarshi kurash va uning oldini olishda fidokorona xizmatlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining buyrug‘iga asosan, «Maxsus unvonlar», “Aʼlo xizmatlari uchun”, “Ichki ishlar organlarida benuqson xizmatlari uchun” ko‘krak nishonlari, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Respublikalari Ichki ishlar vazirliklarining “Faxriy yorliq”lari, Ichki ishlar vazirligining esdalik qo‘l soati va pul mukofotlari o‘z egalariga topshirildi.
Shuningdek, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog‘iston kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi Kengashi  tomonidan tashkillashtirilgan xotin-qizlar o‘rtasidagi o‘tkazilgan spartakiada musobaqalarda munosib ishtirok etib, faxrli o‘rinlarni egallagan vazirlikning xotin-qizlar jamoasiga sovg‘alar va pul mukofotlari topshirildi.
Tadbirda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik A.Temirxanov so‘zga chiqib, xodimlarni bayram bilan tabriklab, rag‘batlantirilgan xodimlarning kelgusi xizmat faoliyatlarida yana-da masʼuliyat bilan yondashib bundan ham yuqori mukofotlarga sazovor bo‘lishlarini tiladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati.

Text to speech