14 Sentyabr 2021 yil 849

Murojaatlar bilan ishlash masalasida seminar-trening bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2021 yilga mo‘ljallangan faoliyat dasturiga muvofiq ichki ishlar organlari xodimlariga jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga oid qonun hujjatlari mazmun-mohiyatini tushuntirish maqsadida, Joriy yilning 14 sentabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligida seminar-trening tashkil etildi.
Seminarga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti administratsiyasidan S.Mamadiyev, O‘zbekiston Respublikasi IIV murojaatlar bilan ishlash boshqarmasidan podpolkovnik Sh.Abdumuratov, va podpolkovnik Sh.Quychiyevlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari polkovnik B.Rajapov, ichki ishlar organlarining murojaatlar bilan ishlashga mas’ul bo‘lgan xodimlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi Xalq qabulxonasi xodimlari ishtirok etishdi.
Seminar-trening davomida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti xalq qabulxonasiga tushayotgan ichki ishlar organlari faoliyati bilan bog‘liq murojaatlar haqida alohida to‘xtalib, ularni hal etish jarayonida uchrab turgan ayrim kamchiliklar hamda bartaraf etish yo‘llari haqida fikr almashinildi.
Ayniqsa, yo‘l harakati xavfsizligi, tergov, migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish yo‘nalishlaridagi murojaatlar tahlil etilib, takroriy murojaatlarni kamaytirish, har bir murojaatga jiddiy e’tibor qaratish va mas’uliyat bilan yondashish bo‘yicha zarur tavsiyalar, maslahatlar berildi.
Seminar-treningda murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha mavjud muoammolar yuzasidan xodimlar fikr va savollar bilan ishtirok etishdi.


Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati

Text to speech