Muzeyga sayohat tashkil etildi
O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2021 yil 30 iyun kunidagi 223-sonli buyrug‘i talablari haftaning har juma kuni «Vatanparvarlik kuni» tadbirlarini tashkil etish nazarda tutilgan bunda asosiy e’tibor barcha ma’naviy ma’rifiy ishlarni amalga oshirishga qaratilgan bo‘lib tarixiy va memorial obyektlarga sayohat jamoatchilik bilan bog‘liq hayriya tadbirlarni o‘tkazish kabi vazifalar belgilab berilgan. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar organlarining bir guruh yosh xodimlari vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida I.V. Savitskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston davlat san’at muzeyi sayohati tashkil etildi. Mazkur muzey nafaqat Qoraqalpog‘istondagi, balki O‘zbekistondagi eng yirik muzeylardan biri hisoblanadi. Yosh xodimlar bu yordagi tarixiy va ma’daniy meroslar bilan tanishib, katta ta’sirotlarga ega bo‘lishdi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati