Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi faxriylari Namanganda
Joriy yilning 1-2-dekabr kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar organlarida uzoq yillar samarali xizmat qilgan va hozirda nafaqada bo'lgan faxriy xodimlar hamda Qoraqalpog‘iston Ichki ishlar vazirligi rahbariyati vakillari o‘zaro tajriba almashish maqsadida Namangan viloyatiga tashrif buyurishdi. Boshqarma MMI va KBTX xodimlari tomonidan munosib kutib olingan mehmonlar dastlab viloyatimizdagi Ichki ishlar tizimining o’tmishi va buguni haqida ma’lumot beruvchi IIV Namangan akademik litseyida joylashgan “Jasorat” muzeyi bilan tanishtirildi. Muzey tanishuvidan so'ng, ushbu litseyda tahsil olayotgan o‘quvchi yoshlar ishtirokida “Uch avlod uchrashuvi” o‘tkazilib, unda faxriylar qardosh xalqimizning Ichki ishlar tizimida erishgan yutuqlari va hozirgi kundagi faoliyati to’grisida o’quvchilarga so’zlab berishdi. Mehmonlarning keyingi tashrifi Davlatobod tumanida joylashgan Boshqarma Faxriylar markaziga bo'ldi. Buyerda ular faxriylar bilan ishlash yo‘nalishida ilg‘or natijalarga erishayotgan “Namangan tajribasi” bilan yaqindan tanishib, tajriba almashish imkoniga ega bo'lishdi. Uchrashuv yakunida Namangan va Qoraqalpog'iston faxriylari hamkorlikda ko’plab manfaatli tadbirlar o‘tkazishga kelishib olishdi.