9 Oktyabr 2021 yil 666

Namunali Patrul-post xizmati xodimlari aniqlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 1 maydagi PQ-2940-son “Ichki ishlar organlarining jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2021-yil 07-iyul kungi 242-sonli buyruqlari talablari ijrosini ta’minlash maqsadida, ichki ishlar organlarining patrul-post xizmati xodimlari o‘rtasida “Namunali patrul-post xizmati xodimi” va “Namunali patrul-post xizmati qism komandiri” ko‘rik-tanlovlarining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi o‘tkazildi.
Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash bo‘linmalarining kasbiy tayyorgarligini takomillashtirish, bilim saviyasini oshirish, ularning xizmat va jangovar shayligini ta’minlash maqsadida o‘tkazilgan tanlovda ishtirok etgan xodimlarning natijalari tegishli tartibda hakamlar tomonidan baholanib g‘oliblar aniqlandi.
Joriy yilning 9 oktabr kuni mazkur tanlov g‘oliblarini taqdirlash tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik A.Temirxanov ishtirok etib g‘oliblarga diplom, medal va sovg‘alarni topshirdi hamda tanlovning kelgusi O‘zbekiston Respublika bosqichida sovrinli o‘rinlarni egallashlarini tiladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati

Text to speech