28 Yanvar 2021 yil 907

Nazariya va amaliyot uyg'unlashmoqda.

Joriy yilning 28 yanvarь kuni Nukus shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasida Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi rahbariyati, O'zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasidan biriktirilgan amaliyot rahbarlari, IIV Akademiyasi kunduzgi ta'lim 3-o'quv kursi kursantlari va ularga biriktirilgan murabbiylar bilan birgalikda kursantlarning ish o'rganish amaliyotini o'tashi yuzasidan majlis bo'lib o'tdi.
O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2019 yil 30 sentyabridagi “Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi kursant va tinglovchilarining ichki ishlar organlarida amaliyotlarini tashkil etish to'g'risida”gi 312-son buyrug'i ijrosini ta'minlash maqsadida, Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligida IIV Akademiyasi kunduzgi ta'lim 3-o'quv kursida tahsil olayotgan jami 35 nafar kursantlarning malakaviy amaliyotini samarali tashkil etish bo'yicha majlis bo'lib o'tdi. Qoraqalpog'iston  Respublikasi  Ichki ishlar vaziri o'rinbosari polkovnik I.B.Axmedov rahbarligida bo'lib o'tgan majlisda  O'zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi harbiy tayyorgarlik kafedrasi katta o'qituvchisi podpolkovnik U.Sh.Yuldashev kursantlarning amaliyot murabbiylari va shahar tuman IIB boshliqlarining tarbiyaviy ishlar bo'yicha o'rinbosarlari  ishtirok etdilar.   Unda malakaviy amaliyotni to'g'ri tashkil etish, kursantlarni egallagan nazariy bilimlarini mustahkamlash va amaliyot bilan uyg'unlashtirish,  o'rnatilgan kun tartibi va xizmat intizomiga qat'iy rioya qilish bo'yicha yo'riqnomalar berildi. Shuningdek kursantlarning ta'lim olayotgan mutaxassisliklari bo'yicha tasdiqlangan dastur asosida ishlab chiqilgan ish rejalari bandlarini bajarish va bitiruv diplom ishi mavzularini shakllantirish tartibi yuzasidan kerakli ko'rsatmalar berildi

Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV Axborot xizmati
 
Text to speech