Nazariy bilimlar amaliyotda mustahkamlanmoqda
Joriy yilning 7 fevral kuni, Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligida, O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2019 yil 30 sentyabridagi “Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi kursant va tinglovchilarining ichki ishlar organlarida amaliyotlarini tashkil etish to'g'risida”gi 312-son buyrug'i ijrosini ta'minlash maqsadida, O'zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi kunduzgi ta'lim 3-o'quv kursi kursantlarning ish o'rganish amaliyotini o'tashi yuzasidan o'tkazilgan majlis bo'lib o'tdi.
Unga, Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik A.Temirxanov uning o'rinbosari polkovnik I.Axmedov O'zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi o'qituvchilari podpolkovniklar A.Tajdiyev va B.Murodovlar O'zbekiston Respublikasi IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Qoraqalpog'iston Respublikasi bo'yicha boshqarmasi ma'sul xodimlari, kursantlar va ularning ota-onalari ishtirok etishdi.
Majlisda, O'zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi kunduzgi ta'lim 3-o'quv kursi 40 nafar kursantlari yashash hududlari bo'yicha va tahsil olayotgan yo'nalishlari bo'yicha malakali xodimlarga shogird etib biriktirildi.Majlis davomida so'zga chiqqanlar tomonidan, malakaviy amaliyotni tashkil etish, kursantlarni egallagan nazariy bilimlarini mustahkamlash, o'rnatilgan kun tartibi va xizmat intizomiga qat'iy rioya qilish hamda malakaviy amaliyotni to'g'ri tashkil etish bo'yicha yo'riqnomalar berildi. Shuningdek, akademiyada o'qish davomida safdoshlariga namuna bo'lib kelayotgan kursantlarning ota-onalariga Akademiya rahbariyatining tashakkurnomalari topshirildi.
Yig'ilish yakunida ota-onalar va kursantlar tomonidan berilgan savollarga vazirlik rahbariyati tomonidan atroflicha javoblar berildi.
Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV Axborot xizmati