Nukus shahrida elektron nazorat maskani faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 20 sentabr kungi Mahallalarda jamoat tartibini saqlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 588-sonli Qaroriga muvofiq tadbirkorlik subyektlariga yer maydonlari “Elektron kuzatuv maskanlari”ni tashkil etish sharti bilan ijaraga beriladi. Nukus shahridagi dehqon bozori hududida «Elektron kuzatuv maskani» tashkil etildi.
Mazkur maskanning ochilish tadbiriga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari polkovnik B.Izbasarov vazirlikning boshqarma va bo‘lim rahbarlari ishtirok etishdi.
Tadbir ishtirokchilari tomonidan kelgusida bu kabi «Elektron kuzatuv maskan»lari hududda jamoat tartibini saqlash, fuqarolarning mulkiga bo‘lgan tajovuzlarni oldini olish va jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishda alohida ahamiyat kasb etishini ta’kidlashdi.
Maskanning alohida ahamiyatli tomoni hududdagi ko‘chalarning kirish joylariga zamonaviy, IP-texnologiyalariga asoslangan video kuzatuv moslamalari va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari integratsiya qilingan bo‘lib doimiy kuzatib borish va video tasvirlardan foydalanish imkoniyati yaratilgan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati.