24 Dekabr 2020 yil 893

Nukus shahrida sayyor qabullar bo'lib o'tdi.

Joriy yilning 23 dekabrь kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Qoraqalpog'iston Respublikasidagi qabulxonasi tashabbusi bilan Nukus shahrida Qoraqalpog'iston Respublikasining 4 sektor va mas'ul idoralar rahbarlarining sayyor qabuli bo'lib o'tdi.
Sayyor qabulga Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik A.Temirxanov ishtirok etib 9 nafar fuqarolarning turli ijtimoiy masalalaridagi murojaatlari qabul qilindi. Murojaatlarning 4tasiga joyida tushuntirish berildi 4 murojaatchining arizasi olinib ijrosi nazoratga olingan bo'lsa 1 murojaat joyida ijobiy hal etildi.
Sayyor qabul doirasida yoshlar bilan uchrashuv tashkillashtirildi uchrashuvda yoshlarining takliflari va muammolari tinglandi. «Temir daftar», «Yoshlar daftar»lariga ro'yxatga olingan fuqarolarga issiqxonalar ajratish, imtiyozlar kreditlar berish, tadbirkorlik bilan shug'ullanishlari uchun yer ajratish masalalari ko'tarildi.
Uchrashuv davomida yoshlar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javoblar berildi.


Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV Axborot xizmati.

Text to speech