11 Sentyabr 2020 yil 1175

O'zbekiston Respublikasi IIV mas'ul xodimlari tomonidan Nukus shahrida sayyor qabul o'tkazildi.

Joriy yilning 11 sentyabrь kuni kuni O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi mas'ul xodimlari tomonidan Qoraqalpog'iston Respublikasi Nukus shahrida o'tkazilgan o'tkazilgan sayyor qabulga Nukus shahri va Nukus tumanlari aholisi ishtirok etishdi.
Bevosita ochiq muloqot ruhida o'tkazilgan qabul jarayonida fuqarolardan 22ta murojaatlar kelib tushgan bo'lsa murojaatlarning 2 tasi joyida ijobiy hal etildi. Qo'shimcha o'rganish talab etiladigan 6 ta    murojaatlar ko'rib chiqish uchun   tegishli mutasaddi idoralar vakillari tomonidan nazoratga olindi. 14 ta murojaat bo'yicha asoslantirilgan huquqiy tushuntirishlar berildi. Murojaatlarda asosan fuqarolik olish, biometrik pasport rasmiylashtirish, soha xodimlariga minnatdorchilik, ichki ishlar, tergovga qadar tekshiruv hamda surishtiruv harakatlaridan norozilik masalalari ko'tarildi.
Xususan, qabul davomida  uzoq yillardan beri fuqaroligi bo'lmagan shaxs sifatida yashab kelayotgan Z.Bekmuratova va qizi S.Bekmuratovalar O'zbekiston Respublikasi fuqaroligi olish bo'yicha qilgan murojaatlari o'rganib chiqilib amaliy yordam berildi. Shuningdek Nukus shahrida yashovchi fuqaro, J.Muratbayev ichga qabul qilish yuzasidan qilgan murojaati ijobiy hal qilinib,  Nukus shahar IIO FMB HPB profilaktika inspektori yordamchisi lavozimiga ishga qabul qilindi.
 
Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV Axborot xizmati

Text to speech