O'QUV-SEMINARDA VOYaGA YeTMAGANLAR HUQUQBUZARLIKLARINING OLDINI OLISh YuZASIDAN TUShUNChALAR BERILDI
Jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda surishtiruv ishlarida yo'l qo'yilayotgan kamchiliklar, faoliyatni yanada yaxshilash borasidagi vazifalarni belgilab olish maqsadida tuman Ichki ishlar bo'limida bu bo'yicha tasdiqlangan dasturga muvofiq o'tkazilayotgan o'quv-seminarlar davom etmoqda. O'quv-seminarda ichki ishlar xodimlari sohaga oid milliy qonunchilikdagi yangiliklarning mazmun-mohiyati hamda ahamiyati, ularni amalga oshirish mexanizmlari, davlat va nodavlat tashkilotlar, fuqarolar yig'inlari bilan o'zaro hamkorlikni to'g'ri tashkil etish yo'llarini o'rganib, tushunchalarini kengaytirilmoqda.
8 fevralь kuni tuman Ichki ishlar bo'limining majlislar zalida rejaga muvofiq “ Voyaga yetmaganlar ishlari bo'yicha idoralararo komissiyasi tomonidan ma'muriy ishlarni ko'rilishida surishtiruv organlari tomonidan yo'l qo'yilayotgan kamchiliklar, surishtiruv sifatini oshirish bo'yicha takliflar, Voyaga yetmaganlarning ma'muriy huquqbuzarligi uchun javobgarligi bo'yicha tushuncha” mavzusida navbatdagi o'quv-seminar o'tkazildi. O'quv-seminarda Voyaga yetmaganlar ishlari bo'yicha Amudaryo tumani idoralararo komissiya mas'ul kotibi J.Xolmurodov hamda tuman Ichki ishlar bo'limi boshlig'i o'rinbosarlari ishtirok etdilar.
Ushbu o'quv-seminarda Voyaga yetmaganlar ishlari bo'yicha Amudaryo tumani idoralararo komissiya mas'ul kotibi J.Xolmurodov mamlakatda barkamol avlodni tarbiyalash borasida amalga oshirilayotgan kompleks dasturlar doirasida Voyaga yetmaganlar nazoratsizligi va huquqbuzarliklarining oldini olish borasida maqsadli tadbirlar o'tkazib kelinayotganligini e'tirof etdi. Shuningdek, “Voyaga yetmaganlar o'rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni Voyaga yetmaganlarning nazoratsizligi va huquqbuzarligini profilaktika qiladigan idora va muassasalarning bu boradagi mas'uliyatini kuchaytirish, bolalarning g'ayriijtimoiy xulq-atvorini erta aniqlash va bartaraf etish borasidagi tadbirlar samaradorligini yanada yaxshilash imkonini berayotganligini qayd etib o'tdi.
Shu bilan birga, Voyaga yetmaganlar tomonidan huquqbuzarliklar yoki boshqa g'ayriijtimoiy xatti-harakatlar sodir etilishining oldini olish, ularda qonunga itoatkorlik xulq-atvorini shakllantirish, ijtimoiy xavfli ahvolda bo'lgan bolalar va oilalarni ijtimoiy-pedagogik reabilitatsiya qilish borasidagi ishlarni tashkil etishdagi ba'zi nuqsonlarni tuzatish lozimligini ta'kidladi. Shuningdek, bolalarning huquqlarini himoya qilish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish bilan bog'liq dolzarb muammolarni hal qilish, yo'l qo'yilayotgan qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish va ushbu masalada o'zaro hamkorlikni mustahkamlash zarurligini aytib o'tdi.O'quv-seminar yakunida mavzu yuzasidan tinglovchilar bilan savol-javob o'tkazilib, tushunchalar yanada mustahkamlandi.
Amudaryo tumani ichki ishlar bo'limi