O‘QUV – KARERA JARAYОNI DAVOM ETMOQDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 15 aprel kunidagi PQ – 5076-son «Ichki ishlar organlari uchun professional kadrlar tayyorlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Qarori,O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2021 yil 3 iyun kunidagi «Ichki ishlar organlaridagi o‘zliksiz o‘quv-karyera jarayoni tizimi bo‘yicha xodimlarga navbatdagi maxsus unvonlar berish uchun o‘qitishni tashkil etish to‘g‘risida»gi114-sonli farmoyishi hamda 2021 yil 12 iyul kunidagi 2/2818-son ko‘rsatmasiga muvofiq, ichki ishlar organlari xodimlari navbatdagi «katta serjant», «kapitan», «mayor» va «podpolkovnik»maxsus unvonlarini olish uchun Vazirlik Malaka oshirish instituti tomonidan o‘tkaziladigan maxsus o‘quv kursida tahsil olishlari hamda belgilangan namunadagi sertifikatni qo‘lga kiritish kerakligi belgilangan.
Shu munosabat bilan, Vazirlik Malaka oshirish instituti hududiy filialida Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Kadrlar boshqarmasi bilan hamkorlikda«kapitan» maxsus unvonini olish uchun masofaviy o‘quv kursiga jalb qilingan ichki ishlar organlari tizimidagi sohaviy xizmat xodimlariga o‘quv kursi oldi yo‘riqnomasi o‘tkazildi. Shuningdek, ularga shaxsiy login-parollar belgilangan tartibda topshirildi.
Masofaviy o‘quv kursi so‘ngida, test shaklida o‘tkaziladigan yakuniy imtihondan muvofaqqiyatli o‘tgan xodimlarga belgilangan namunadagi sertifikatlar berilishi belgilangan, deydi, Vazirlik Malaka oshirish institutining Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali rahbari, yuridik fanlari bo‘yicha falsafa doktori, podpolkovnik Saparbay Allambergenov.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati