26 Dekabr 2024 yil 2319

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik Baxtiyar Torebekov boshchiligida Taxiatosh tumanidagi Oilaviy bolalar uyi tarbiyalanuvchilariga Prezident sovg‘alari topshirildi

Yangi yil bayrami munosabati bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik Baxtiyar Torebekov Taxiatosh tumanidagi Oilaviy bolalar uyi tarbiyalanuvchilaridan xabar olish uchun tashrif buyurdi. Ichki ishlar vaziri hamda tuman sektor rahbarlari bolalarni bayram bilan tabriklab, ularga Prezidentimiz tomonidan har yili beriladigan Prezident sovg‘alarini topshirildi. Bu sovg‘alar ularga katta xursandchilik ulashib, taassurotlar qoldirdi. Undan so‘ng, tarbiyalanuvchilar tomonidan tayyorlangan konsert dasturi yig‘ilganlar nazariga inʼom etildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati

Text to speech