4 Avgust 2021 yil 536

Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun test sinovlari o‘tkaziladigan obyektlarda xizmatga jalb etilgan xodimlari bilan xizmat oldi Yo‘riqnomasi o‘tkazildi.

oriy yilning 5-avgust kunidan boshlab Nukus shahrining Nukus shahrida joylashgan «Turon» markaziy o‘yingohida, Respublika o‘yin turlari va yengil atletika bo‘yicha ixtisoslashtirilgan BUSM tennis kortida va Respublika o‘yin turlari va yengil atletika bo‘yicha ixtisoslashtirilgan BUSM tennis stadionida abituriyentlardan test sinovlari qabul qilinishi belgilangan.
Bugungi kunda test sinovlari o‘tkaziladigan mazkur obyektlarda jamoat tartibini saqlash, fuqarolar, yo‘l harakati va yong‘in xavfsizligini ta’minlash uchun Ichki ishlar, Milliy gvardiya va Favqulotda vaziyatlar viloyat boshqarmalari hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlaridan tarkib topgan kuch vositalar jalb etilib, xizmat olib borishlari belgilangan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV PPXvaJTSB boshlig‘i podpolkovnik Sh.Abdullayev tomonidan test sinovlari o‘tkaziladigan obyektlarda xizmatga jalb etilgan shaxsiy tarkib va kuch vositalar ishtirokida sinov imtihonlari jarayonida jamoat tartibini saqlash, fuqarolar, yo‘l harakati va yong‘in xavfsizligini ta’minlash, yuzasidan yo‘riqnoma o‘tkazilib, mutasaddi rahbarlarga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati

Text to speech