Oltinchi mintaqaviy hudud 2-son tergov hibsxonasiga OMBUDSMAN tashrif buyurib, monitoring o‘tkazdi
Jumladan,
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakili
(Ombudsman)ning Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha mintaqaviy vakili J.Shlimbetov
tashrif buyurib, 2-son tergov hibsxonasi boshlig‘i polkovnik U.Ch.Qurbanbayev
bilan birgalikda o‘rganish ishlarini olib borishdi. Bunda, Ombudsman qutisi
ko‘zdan kechirildi, kamerada saqlanayotgan shaxslarning murojaatlari tinglanib,
ularga yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi, bundan tashqari maxsus kontingentning
izidan kelgan oila-aʼzolari va yaqin qarindoshlari bilan suhbatlar va
tushuntirish ishlari olib borildi. Shuningdek, 8-dekabr – O‘zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kuni munosabati bilan shaxsiy
tarkib bilan o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi. O‘rganish davomida hibsxona
rahbariyatiga joriy yil 11 oy davomida fuqarolar tomonidan jami 29 ta, shundan
3 tasi yozma ravishda va 26 tasi og‘zaki ravishda murojaatlar kelib tushgan
bo‘lib, barchasi ijobiy hal qilinganligi maʼlum bo‘ldi