19 Yanvar 2022 yil 522

“O‘qimagan bo‘lsang ham guvohnoma olib beraman” Firibgarlik yo‘li bilan pul ishlamoqchi bo‘lgan fuqaroning niyati amalga oshmadi.

Joriy yilning 15 yanvar kuni Beruniy tumanida fuqaro R.R Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV rahbariyati nomiga ariza bilan murojaat qilib, o‘z murojaatida Beruniy tumanida yashovchi “I” ismli shaxs unga o‘quv tashkilotida o‘qimagan bo‘lsa da haydovchilik guvohnomasini olib berishini va’da qilib evaziga 3.500.000 so‘m talab qilayotganligi haqida bildirgan va “I” ismli shaxsga qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan. Mazkur murojaatga asos, O‘zbekiston Respublikasi IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha boshqarmasi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari bilan hamkorlikda Beruniy tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida “I” ismli shaxs fuqaro R.Rdan talab qilgan 3.500.000 so‘m pullarni olgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Mazkur holat yuzasidan Bosh prokuratura huzuridagi IJQK departamenti Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tumani bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi, 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.


Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati

Text to speech