14 Dekabr 2021 yil 647

Otam onam va men» nomi bilan sport musobaqasi o'tkazildi.

O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar organlari xodimlari o'rtasida 15 noyabr kunidan 15 dekabr kunlari oralig'ida joriy etilgan “Kasbiy tayyorgarlik” oyligi Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar organlarida ham uyushqoqlik bilan o'tkazilmoqda.
Oylik doirasida turli ma'naviy-ma'rifiy va sport tadbirlari bo'lib o'tmoqda. Xususan joriy yilning 14 dekabr kuni Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan xodimlar va oila a'zolar o'rtasida «Otam onam va men» nomi bilan sport musobaqasi o'tkazildi.Unga jami 9 oilalar ishtirok etib, to'siqlar osha yugurish, chaqqonlik va merganlik,  mohir hujumchi kabi shartlar bo'yicha bellashdi. 
Musobaqada oilasi bilan birgalikda  hamma shartlarni a'lo darajada bajargan oilalar aniqlanib uchinchi o'rinni O'zbekiston Respublikasi IIV Nukus «Temurbeklar maktab» harbiy akademik litsey xodimi Sh.Qudaybergenovlar oilasi, ikkinchi o'rinni vazirlikning PPXvaJTSB xodimi N. Rametullayevlar oilasi va faxrli birinchi o'rinni O'zbekiston Respublikasi IIV Nukus «Temurbeklar maktab» harbiy akademik litsey xodimi N.Urazimbetovlar oilasi egalladi.
G'oliblarni taqdirlash tadbiriga Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vazirning o'rinbosari polkovnik I.Axmedov ishtirok etib, xodimlarning nafaqat o'zlari oilalari ham sport bilan shug'ullanishi, sog'lom turmush tarziga amal qilishlari xizmatda sportda yaxshi natijalarga erishishlari haqida aytib o'tib, g'oliblarni tabriklab ularga diplom medalь va sovg'alarni tantanali ravishda topshirdi.

Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV Axborot xizmati.

 

Text to speech