18 Avgust 2021 yil 1567

O‘zaro hamkorlik Memorandumlari imzolandi

Joriy yilning 18 avgust kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmasi hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik bo‘yicha memorandumlarini imzolash bo‘yicha tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik A.J.Temirxanov uning o‘rinbosari polkovnik I.B.Axmedov, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limi rahbari T.J.Atamuratov, Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmasi raisi K.A.Karimov va ichki ishlar organlari xodimlari ishtirok etishdi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, qonunlari hamda xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan qoidalariga tayangan holda, ichki ishlar organlari tizimida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish, ijodiy uchrashuvlarni o‘tkazish, ular o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish hamda vatanparvarlik, mardlik, faxr va iftixor tuyg‘ularini mustahkamlash sohasida tomonlarning o‘zaro hamkorligini ta’minlash maqsadida tuzilgan memorandumlar - Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmasi, hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik bo‘yicha memorandumlar imzolandi va kelgusida hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlar kelishib olindi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati.

Text to speech