Bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Tibbiyot bo‘limining so‘lin go‘shalarida faxriylar uchun bayram dasturxoni yozildi. "O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 30 yilligi"ni nishonlashga bag‘ishlangan tantanali bayram tadbiriga vazirlik rahbariyati, sohaviy xizmatlar va hududiy ichki ishlar organlari vakillari hamda uzoq yillar tizimda faoliyat yuritgan faxriylar ishtirok etgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik A.Temirxanov ochib berdi.
Vazir o‘z so‘zida mustaqillik yillarida erishilgan yutuqlar ayniqsa keyingi yillarda barcha sohalar kabi ichki ishlar organlarida amalga oshirilayotgan islohotlar, xodimlarni xizmat sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida aytib o‘tdi. Shuningdek, bayram munosabati bilan xizmatda yaxshi natijalarga erishib, Prezidentimizning farmonlari bilan davlat mukofoti bilan taqdirlangan xodimlarni tabrikladi.
Tadbir davomida, faxriylarga, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Faxriy yorliqlari, ko‘krak nishonlari va sovg‘alar tantanali ravishda topshirildi.
Bayram tadbiri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIVning Orol yulduzlari va madaniyat xodimlarining konsert dasturi bilan davom etdi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati