14 Oktyabr 2021 yil 586

O‘zbekiston Respublikasi IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari polkovnik Sh.N.Xodjayevning sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 13 oktabr kuni Nukus shahridagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi Xalq qabulxonasi binosida hamda Beruniy tumani yoshlar markazida, O‘zbekiston Respublikasi IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari polkovnik Sh.N.Xodjayevning sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi. Qabulda fuqarolarning, O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini qabul qilish va chiqish, fuqarolik pasportin rasmiylashtirish, doimiy hisobga olish va chiqish bo‘yicha murojaatlari qabul qilindi.
Qabullar davomida, fuqarolarning jami 34 ta murojaat ko‘rib chiqilgan bo‘lib, shulardan 9 tasi joyida ijobiy hal etildi. Shuningdek 8 ta qo‘shimcha o‘rganishni talab qiladigan murojaatlar bo‘yicha arizalari olinib ijrosi nazoratga olindi. Bundan tashqari, qabullar davomida 3 nafar fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolik pasportlari hamda 16 yoshga to‘lgan 4 nafar yoshlarga dastlabki fuqarolik pasportlari tantanali ravishda topshirildi.
Beruniy tumanida o‘tkazilgan qabulda tumanning «Temir» va «Ayollar» daftarlariga kirgan xotin qizlariga tikuv mashinalari topshirildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati.

Text to speech