25 Sentyabr 2021 yil 721

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari general-mayor A.I.Ikramov tomonidan Beruniy tumanida sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.

Bugungi kunda aholining yashash sharoitini yaxshilash, odamlar bilan bilan ochiq muloqot orqali ularni qiynab kelayotgan muammolarga yechim topish maqsadida sayyor qabullar o‘tkazilib kelinmoqda. Joriy yilning 4 sentabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumani "Yoshlar bog‘i" da O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari general-mayor A.I.Ikramovning sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi.
Qabulga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik A.Temirxanov uning o‘rinbosarlari boshqarma va sohaviy xizmatlar rahbarlari ishtirok etishdi.
Ochiq muloqot tarzida o‘tkazilgan sayyor qabulda murojaatlar asosan biometrik pasport rasmiylashtirish, soha xodimlariga minnatdorchilik, ichki ishlar organlariga xizmatga qabul qilish, tergovga qadar tekshiruv hamda surishtiruv harakatlaridan norozilik hamda fuqarolarning ijtimoiy masalalari yuzasidan fuqarolardan 82ta murojaatlar kelib tushgan bo‘lsa murojaatlarning 24 tasi joyida ijobiy hal etildi. Qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan 26 ta murojaatlar ko‘rib chiqish uchun tegishli mutasaddi idoralar vakillari tomonidan nazoratga olingan bo‘lsa 32 ta murojaat bo‘yicha asoslantirilgan huquqiy tushuntirishlar berildi
Shuningdek sayyor qabul davomida, O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga tan olingan fuqaro F.Babajanovaga va tumanning 16 yoshga tulgan bir guruh yoshlariga dastlabki O‘zbekiston Respublikasi identifikatsiyasi ID kartalari topshirildi. Bundan tashqari hududda istiqomat qiluvchi “Temir daftar” va “Ayollar daftari”da turuvchi fuqarolarga sovg‘alar va nogironligi bo‘lgan fuqarolarga nogironlik aravachalari topshirildi.


Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati

Text to speech