11 Noyabr 2021 yil 644

O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 30 yilligi esdalik nishonlari tantanali ravishda topshirildi.

«25-oktyabrь - Ichki ishlar idoralari xodimlari kuni" munosabati bilan O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining buyrug'i bilan vatanimiz tinchligi, el-yurt osoyishtaligini ta'minlash yo'lidagi ko'p yillik fidokorona xizmatlari, jinoyatchilikka qarshi kurash va uning oldini olish borasidagi samarali mehnatlari, o'z xizmat burchini bajarish chog'ida ko'rsatgan mardlik va jasorati, kadrlar tayyorlash, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlariga qo'shgan munosib hissasi uchun hamda Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar organlari faxriylari va xodimlari "O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 30 yilligi" esdalik nishoni bilan taqdirlangan edilar. Joriy yilning 10-11 noyabrь kunlari Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik A.Temirxanov o'ning o'rinbosari polkovnik I.Axmedov, O'zbekiston Respublikasi IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Qoraqalpog'iston Respublikasi boshqarmasi boshlig'i podpolkovnik Q.Samandarov Faxriylar kengashi raysi iste'fodagi podpolkovnik F.Sankibayevlar shahar va tuman IIBlarida hamda vazirlik apparati xodimlariga mazkur ko'krak nishonlarini tantanali ravishda topshirishdi.
Tadbirlar davomida, Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik A.Temirxanov so'zga chiqib, mamlakatimizda so'ngi yillarda barcha sohalar kabi ichki ishlar organlarida ham davlatimiz rahbari tashabbusi bilan keng ko'lamli islohotlar amalga oshirilayotganligi hamda ijobiy o'zgarishlar va yangilanishlar haqida to'xtalib, tizimdagi islohotlar nafaqat tarkibiy va tashkiliy jihatdan,  balki xodimlarni  ijtimoiy  qo'llab-quvvatlash masalalariga ham alohida e'tibor qaratilayotganligini ta'kidlab o'tdi.
Shuningdek, rahbarlar tomonidan xodimlarning tartib-intizom va qonuniylikni ta'minlash hamda kasb madaniyatiga qat'iy rioya qilish  yuzasidan tegishli ko'rsatmalar berildi

Qoraqalpog'iston Respublikasi  IIV Axborot xizmati

Text to speech