20 Oktyabr 2021 yil 791

O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kunga bag‘ishlanib tadbir bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilning 20 oktabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi majlislar zalida, 21 oktabr O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kunga bag‘ishlanib tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik A.Temirxanov uning o‘rinbosarlari, Respublika ma’naviy-ma’rifiy markazi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limi bosh mutaxassisi N.Shыnnazarov, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Respublikalari yozuvchilar uyushmasi a’zosi O‘zbekiston Respublikasiga mehnati singan madaniyat xodimi A.Utepbergenov va vazirlik xodimlari ishtirok etishdi.
Tadbirni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik A.Temirxanov kirish so‘zi bilan ochib, bayram munosabati bilan barchani tabrikladi. Shuningdek tadbir davomida so‘zga chiqqanlar tomonidan, o‘zbek tilining jamiyat hayotidagi o‘rni, uning nufuzi nafaqat mamlakatda, balki xalqaro miqyosda ham yuksalib, jahonda o‘zbek tilini, bu orqali milliy madaniyat va urf-odatlarni o‘rganishga qiziqish ortib borayotganligini ta’kidladi.
Bayram tadbiri vazirlikning «Orol yulduzlari» ansamblining konsert dasturi bilan davom etdi.
Tadbir davomida Ichki ishlar xodimlari uchun xodimlari uchun kitob yarmarkasi tashkil etilib, yarmarkadan, diniy-ma’rifiy, badiiy, ilmiy-ommabop adabiyotlar, jahon adabiyotlari, bolalar uchun kitoblar bilan o‘z kitob javonlarini boyitish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati

Text to speech