18 Oktyabr 2025 yil 169

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari – Tergov boshqarmasi boshlig‘i tomonidan Qanliko‘l tumanining kriminogen vaziyati og‘ir hamda «qizil» toifaga tushgan «Nao‘riz» mahallasi o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 03.01.2025-yildagi «2025-yilda Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-1-sonli Qaroriga asosan amalga oshirilayotgan ishlari o‘rganilib, tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Bundan tashqari, Qanliko‘l tumani ichki ishlar bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sohaga oid Farmon va Qarorlarining ijrosi hamda O‘zbekiston Respublkasi Bosh prokuraturasi va Ichki ishlar vazirligining 11.03.2025-yildagi Qo‘shma ko‘rsatmasi ijrosini to‘laqonli ta’minlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar tekshirildi.

Shuningdek, ichki ishlar bo‘limi xodimlarining yashash sharoitlari va oilaviy ahvoli o‘rganilib, yaqin qarindoshlari bilan suhbatlar o‘tkazildi.

Text to speech