12 Avgust 2021 yil 871

PROBATSIYA XIZMATI XODIMLARINING KASBIY BILIMLARI OShIRILMOQDA

‘zbekiston Respublikasi IIVning 2021 yil 29 aprel kunidagi 85-sonli farmoyishiga asosan, joriy yilning 12-29 avgust kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar organlari tizimidagi Probatsiya xizmati xodimlari tomonidan xizmatdan ajralmagan holda Vazirlik Malaka oshirish institutining ta’lim platformasi orqali kasbiy bilimlarini oshirish bo‘yicha masofaviy o‘quv kurslarida ishtirok etishlari belgilangan.
Shu munosabat bilan, Vazirlik Malaka oshirish instituti hududiy filiali rahbari, yuridik fanlari bo‘yicha falsafa doktori, podpolkovnik S.Allambergenov, Vazirlik Kadrlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik A.Bekimbetov, Vazirlik Probatsiya bo‘limi boshlig‘i, podpolkovnik U.Kurbanbayeva hamda probatsiya xizmat xodimlari ishtirokida o‘quv kursi oldi yo‘riqnomasi o‘tkazildi.
Uchrashuvda probatsiya xizmati xodimlariga Institutning masofaviy ta’lim platformasida joylashtirilgan kirish testini dastlab topshirish, mavzularni kunning istalgan paytida “online” yoki “offline” rejimida to‘liq o‘zlashtirish hamda mavzularga doir testlarni, shuningdek, o‘quv kursi so‘ngida yakuniy testni yuqori ko‘rsatkichlar bilan topshirish vazifalari tushuntirildi. Shuningdek, soha xodimlariga shaxsiy login-parollari tarqatilib, ularga yuklatilgan vazifalarni o‘z vaqtida ijrosini ta’minlash bo‘yicha Vazirlik Probatsiya bo‘limidan mas’ullar biriktirildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati

Text to speech