Pnevmatik quroldan o‘q otish turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 oktabr kunidagi PF-6099-sonli farmoni talablari ijrosini ta’minlash hamda Ichki ishlar organlari xodimlari o‘rtasida jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug‘ullanish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida, joriy yilning
30 iyul kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar organlari xodimlari o‘rtasida sportning pnevmatik quroldan o‘q otish turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi. musobaqa yakunlariga ko‘ra g‘oliblarga diplom va esdalik sovg‘alar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari polkovnik B.Rajapov tomonidan topshirildi va ularning kelgusi xizmat faoliyatlarida zafarlar tiladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati