29 Dekabr 2020 yil 949

Prezident sovg‘alari topshirildi.

Mustaqil mamlakatimizda bolalarning baxtli kelajagi uchun barcha sharoitlar yaratilib berilmoqda. Ayniqsa, «Mehribonlik uyi», maxsus maktab internatlarining tarbiyalanuvchilarini boquvchisini yo‘qotgan bolalarni va xizmat vazifasini bajarish vaqtida halok bo‘lgan huquqni muhofaza qilish organi xodimlarining farzandlarini ijtimoiy muhofaza qilishga alohida eʼtibor qaratilib kelinmoqda.Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar vazirligi rahbariyati ularning hol ahvollaridan tez-tez xabar olib, har bir bayram sanalarida sovg‘alar ulashib kelmoqda.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik A.Temirxanov o‘ning o‘rinbosari polkovnik I.Axmedov va vazirning maslahatchisi isteʼfodagi polkovnik O Turdaqovlar Yangi yil bayrami   munosabati bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar organlarida xizmat vaqtida halok bo‘lgan xodimlarning oilalaridan xabar olib ularga Prezident sovg‘alari, vazirlik tomonidan tayyorlangan sovg‘alarni topshirishdi.
O‘z navbatida xizmat vazifasini bajarish vaqtida halok bo‘lgan xodimlarning oila aʼzolari eʼtibor va g‘amxo‘rliklar uchun vazirlik rahbariyatiga o‘z minnatdorchiliklarini bildirishdi. 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati

Text to speech