8 Iyul 2020 yil 1021

QUROL» TADBIRI O'TKAZILMOQDA

Joriy yilning 25-iyunidan 10-iyulь kunlari oralig'ida Qoraqalpog'iston Respublikasi  hududida IIVning PPX va JTSB Nazorat-litsenziyalash faoliyati xodimlari tomonidan «Qurol» maxsus-profilaktik tadbirlari o'tkazilmoqda.
Mazkur profilaktik tadbirlarni o'tkazishdan maqsad- ov quroli saqlash ruxsatnomasiga ega shaxslar tomonidan shaxsiy qurol va o'q-dorilarning saqlanish qoidalariga qat'iy amal qilishini tekshirish, ularning saqlanishidagi yo'l qo'yilgan kamchiliklarni bartaraf etish, shuningdek, jinoyat va turli baxtsiz hadislar sodir bo'lishining oldini olishdan iboratdir. Ma'lumot o'rnida keltiradigan bo'lsak ayni kunda Qoraqalpog'istonda 5839 nafar shaxslar ov qurolini saqlash ruxsatnomasiga egadir.
Ushbu tadbirga 245 nafar ichki ishlar organlari xodimlari va 14 nafar ovchilik jamiyati ishchi-xizmatchilari jalb qilingan. O'tkazilgan profilaktik suhbatlar davomida o'q otish ov qurollariga ega shaxslar tomonidan qurolni saqlash hamda ulardan foydalanish qoidalariga rioya etilayotganligi bo'yicha ko'zdan kechirilib, zarur maslahatlar berib borilmoqda. Hozirda tadbir barcha hududlarda davom etmoqda.
Shu o'rinda Ichki ishlar vazirligi ov qurolini saqlashda fuqarolardan
-qurol va uning o'q-dorilari qurol egasining doimiy yashash manzilida, qurolni saqlash va olib yurish huquqini beruvchi ruxsatnoma hisobga olingan manzilda saqlanishi lozimligi;
-davlat tomonidan belgilangan ovchilik badal pullari o'z vaqtida to'lab borishi;
-qurolni saqlash va olib yurish huquqini beruvchi ruxsatnomaning muddatiga qat'iy amal qilish lozimligini yana bir bor eslatib o'tadi.
 
Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV Axborot xizmati
 
 
Text to speech