Qo'ng'irot tumanida «Sog'lom turmush uchun 5000 qadam» aktsiyasi o'tkazildi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 oktyabrdagi PF-6099-son “Sog'lom turmush tarzini keng tadbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Farmoni, hamda O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligining 2018 yil 17 yanvardagi “Ichki ishlar organlarida xizmat, jangovar, jismoniy va axloqiy-psixologik tayyorgarlik mashg'ulotlarini o'tkazish qoidalarini tasdiqlash to'g'risida”gi 17-son buyrug'i va 2021 yil 9 noyabr kunidagi “Ichki ishlar organlari tizimida kasbiy tayyorgarlik oyligini o'tkazish to'g'risida”gi 238-son farmoyishiga asos xodimlarning kasbiy tayyorgarlik darajasini yanada mustahkamlash maqsadida, joriy yilning 23 noyabr kuni Qo'ng'irot tumanida «Sog'lom turmush uchun 5000 qadam» aktsiyasi o'tkazildi.
Mazkur aktsiyaga, Qo'ng'irot tumani ichki ishlar bo'limi xodimlari va ularning oila a'zolari, tumandagi tashkilot hamda muassasalardan jami 500 dan ziyod xodimlar ishtirok etishdi.
Aktsiya so'ngida, tadbir ishtirokchilariga Qo'ng'irot tumani madaniyat bo'limi tomonidan tayyorlangan kontsert dasturi namoyish etildi.
Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV Axborot xizmati