28 Iyul 2021 yil 801

Qorao‘zak tumanida fuqarolarning murojaatlari qabul qilindi

Joriy yilning 28 iyul kuni, Qorao‘zak tumanining “Esim o‘zak” va “Qorao‘zak” OFY hududlarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari polkovnik M.Raxmatullayev hamda tegishli tashkilotlar mas’ul rahbarlari va tuman barcha sektor rahbarlari ishtirokida ushbu ovul fuqarolar yig‘inida yashovchi fuqarolarning murojaatlari qabul qilindi.
Qabul davomida, vazir o‘rinbosari M.Raxmatullayev tomonidan bir nechta fuqarolarning turli ijtimoiy masalalaridagi murojaatlari qabul qilindi.
Jumladan, fuqarolarning “mahalla asfalt yo‘lini ta’mirlash, mahallasiga gaz balonlarni ko‘proq yetkazib berish, yangi bolalar bog‘chasi ochib berish, yengillashtirilgan kredit ajratib berish hamda tomorqa yerlariga suv yetkazib berish” kabi masalalari ko‘rib chiqildi.
Vazir o‘rinbosari M.Raxmatullayev hamda tuman sektor rahbarlari tomonidan fuqarolarning masalalari bo‘yicha bir nechtasi joyida ijobiy hal qilindi, ayrimlariga huquqiy tushuntirish berildi hamda qolgan holatlar yuzasidan murojaatlari qabul qilinib, ijrosi nazoratga olindi.

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV huzuridagi tergov boshqarmasi

 

Text to speech