16 Sentyabr 2020 yil
974
Qorao'zak tumani va Nukus shahrida o'tkazilgan qabullarda 65 ta murojaatlar o'rganib chiqildi.
Bugungi kunda aholining yashash sharoitini yaxshilash, odamlar bilan bilan ochiq muloqot orqali ularni qiynab kelayotgan muammolarga yechim topish maqsadida sayyor qabullar o'tkazilib kelinmoqda .
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining o'rinbosari Alisher Usmonov boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan joriy yilning 15-16 sentyabrь kunlari Respublikamizning Qorao'zak tumani va Nukus shaharlarida sayyor qabullarni o'tkazishdi.
Sayyor qabullarga hududiy vazirlik, idora rahbarlari va mas'ul xodimlari qatnashib sayyor qabullarga kelgan fuqarolarning murojaatlarini o'rganib chiqishdi.
O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi mas'ul xodimlariga Qorao'zak tumani va Nukus shaharlarida o'tkazilgan qabullarda, 65ta murojaatlar kelib tushgan bo'lsa murojaatlarning 12tasi joyida ijobiy hal etildi. Qo'shimcha o'rganish talab etiladigan 7 ta murojaatlar ko'rib chiqish uchun tegishli mutasaddi idoralar vakillari tomonidan nazoratga olindi. 46 ta murojaat bo'yicha asoslantirilgan huquqiy tushuntirishlar berildi.
Qorao'zak tumanida o'tkazilgan qabullarda tumanning “Kuybaq” ovul fuqarolar yig'inida yashovchi fuqarolarning murojaatlari bo'yicha hududning yo'llariga qo'm shag'al to'shash bo'yicha qilgan murojaati tegishli rahbarlar tomonidan o'rganib chiqilib ijobiy hal etildi hududning yo'llariga shu kunning o'zida qo'm shag'al to'shaldi.
Shuningdek, qabullarda ichki ishlar organlariga xizmatga qabul qilish bo'yicha murojaat qilgan to'rtta yosh ichki ishlar organlariga xizmatga qabul qilindi.

Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV Axborot xizmati