Qoraqalpog'iston Respublikasi 3 sektor rahbarlari o'quv seminarda ishtirok etishdi.
O'zbekiston Respublikasi IIVning 38-sonli kengaytirilgan tezkor yig'ilish bayonining 4.1-bandi ijrosini ta'minlash maqsadida, Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV PPXvaJTSBning katta majlislar zalida barcha 3-sektor rahbarlari va sektor shtabi kotiblari bilan iqtisodiyot, investitsiya, qurilish va qishloq xo'jaligi kompleksi loyihalari hamda hududlarda kambag'allikni qisqartirish, ehtiyojmand oilalarga yordam ko'rsatish, aholi bandligini ta'minlash hamda tadbirkorlikni qo'llab quvvatlash masalalari bo'yicha o'quv-seminar mashg'ulotlari o'tkazildi.
O'quv-seminar mashg'ulotlarida, Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo'yicha, investitsiya va tashqi savdo bo'yicha, kapital qurilish va kommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari bo'yicha, mahalla va oilani qo'llab quvvatlash bo'yicha o'rinbosarlari, Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashining investitsiya va tashqi savdo bo'yicha kotibiyat xodimlari, Qoraqalpog'iston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining o'rinbosari Qoraqalpog'iston Respublikasi Iqtisodiyot vazirining birinchi o'rinbosarlari ishtirok etib, ular tomonidan iqtisodiyot, investitsiya, qurilish va qishloq xo'jaligi kompleksi loyihalari, hududlarda kambag'allikni qisqartirish, ehtiyojmand oilalarga yordam ko'rsatish, aholi bandligini ta'minlash hamda tadbirkorlikni qo'llab quvvatlash masalalari bo'yicha 3-sektor rahbarlari va sektor shtabi kotiblarining bilimi va ish tajribasini oshirish bo'yicha ma'ruzalar qilindi. O'quv seminar davomida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan javoblar berildi.
Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV Axborot xizmati.