16 Oktyabr 2021 yil 694

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov boshqarmasida uchinchi chorak yakuni sarhisob qilindi.

Joriy yilning 15 oktabr kuni, Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar vazirligida, vazir o‘rinbosari polkovnik M.T.Raxmatullayev raisligida Ichki ishlar vazirligi tergov, ekspert-kriminalistika bo‘limlarining 2021 yil 9 oyi davomidagi ish ko‘rsatkichlarini muhokama qilish, erishilgan natijalar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar yuzasidan videoselektor shaklida tezkor yig‘ilish o‘tkazildi. 
Tanqidiy ruhda o‘tkazilgan tezkor yig‘ilishda sohaviy xizmatlar tomonidan joriy yilning 9 oyi davomida erishilgan ijobiy natijalar bilan bir qatorda, tizimda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar, ularni kelib chiqishiga sabab bo‘lgan omillar, shuningdek, xodimlarning tartib va ijro intizomiga rioya qilishlari muhokama qilindi hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan maqsadli chora-tadbirlar belgilab olindi. Har bir xodim «Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish -  oliy burchimiz!» konseptual g‘oyasi asosida ish olib borishi lozimligi belgilandi. Tadbir davomida o‘z xizmat burchini mas’uliyat bilan sidqidildan, halol bajarayotgan, ijobiy natijalarga erishib, hamkasblariga o‘rnak bo‘layotgan bir guruh tergovchi va ekspert-kriminalistika bo‘limi ekspertlarga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirining «faxriy yorlig‘i», pul mukofotlari hamda boshqada esdalik sovg‘alari  topshirildi.

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati

Text to speech