O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari general-mayor A.Ikramov boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi o‘rganish ishlari davom etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari general-mayor A.Ikramov joriy yilning 6 may kuni O‘zbekiston Respublikasi IIV Qoraqalpoq akademik litseyi hamda Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy akademik litseylari faoliyati bilan tanishdi. Litseylarda, o‘quvchi yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan xususan, o‘quv xonalari, axborot-resurs markazi, sport zal, yotoqxonalar bilan yaqindan tanishib, o‘zining fikr-mulohazalarini bildirdi hamda mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni belgilab olindi.
Shuningdek litseyning pedagog xodimlari va o‘quvchilari bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda, amalga oshirilgan ishlar atroflicha muhokama etilib, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarga to‘xtaldi. Shuningdek, kelgusida mazkur o‘quv muassasalarida o‘quv, maʼnaviy-maʼrifiy va xo‘jalik ishlarini yana-da takomillashtirish bo‘yicha o‘zining taklif va tavsiyalarini berdi.
Bundan tashqari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi sohaviy xizmatlari xodimlari o‘rtasida sportning mini futbol to‘ri bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqa g‘oliblarini taqdirlash marosimida, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari general-mayor A. Ikramov ishtirok etib g‘oliblarga diplom, medal va sovg‘alar topshirdi.
Vazir o‘rinbosari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bo‘zatov va Kegayli tumanlari ichki ishlar bo‘limlarida bo‘lib, Ichki ishlar organlarida maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni tashkil etish bo‘yicha konsepsiyasida belgilangan vazifalarning bajarilishi jumladan, tuman IIB maʼrifat xonalari, “Vatanparvarlik” tuman va IIB tarixi burchaklarini ko‘zdan kechirdi. Xodimlar o‘rtasida sport musobaqalari hamda maʼnaviy maʼrifiy tadbirlari tashkillashtirish orqali ularda vatanga va kasbiga bo‘lgan sadoqatni oshirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berdi.
Shuningdek vazir o‘rinbosari, Kegayli tumani ichki ishlar bo‘limida jinoyat qidiruv sohasida xizmat qilib, xavfli jinoyatchilar bilan olishuv paytida og‘ir tan jarohati olganligi oqibatida xizmat vaqtida vafot etgan marhum S.Ismaylovning xonadonida borib oila aʼzolaridan xabar oldi hamda bunday mart xodimlarning xotirasi hamisha xodimlarimizning yodida bo‘lishini aytib, Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV hamda tuman IIB rahbariyatiga xizmatni o‘tash vaqtida halok bo‘lgan xodimlarning oila aʼzolaridan doimiy ravishda xabar olib turish moddiy va maʼnaviy jihatdan yordamlar berish yuzasidan topshiriqlar berdi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati.