13 Avgust 2021 yil 765

SOHAVIY XIZMAT RAHBARLARINING KASBIY BILIMLARI OShIRILMOQDA

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2021 yil 30 iyul kunidagi 158-sonli farmoyishiga muvofiq, Vazirlik Malaka oshirish instituti tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi tuman (shahar) ichki ishlar organlari boshliqlariningma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari masofadan (onlayn) o‘qitilmoqda.
O‘quv kursining maqsadi – shaxsiy tarkib o‘rtasida ma’naviy va intelektual salohiyatni oshirish, xodimlarni ijtimoiy-huquqiy himoya qilish, ular bilan psixologik muloqotni o‘rnatish orqali samarali tarbiyaviy profilaktik tadbirlarni tashkil etish, shuningdek, barcha shaxsiy tarkibga«Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish – oliy burchimiz» g‘oyasini singdirish bo‘yicha sohaviy xizmat rahbarlarining kasbiy bilim va ko‘nikmalarini oshirishdan iborat.
Tasdiqlangan dasturga muvofiq, o‘quv kursidagi mashg‘ulotlar respublika huquq-tartibot organlari va jamoat tashkilot vakillari, shuningdek, yetakchi oliy ta’lim muassasa rahbarlari hamda yuqori malakaga ega ilmiy-pedagogik xodimlar va mutaxassislar tomonidan o‘tkazilib kelinmoqda.
O‘quv kursi so‘ngida, tasdiqlangan dasturni to‘liq o‘zlashtirgan hamda yakuniy test imtihonlaridan muvofaqqiyatli o‘tgan sohaviy xizmat rahbarlariga sertifikatlar berish tartibi belgilangan, deydi, Vazirlik Malaka oshirish instituti hududiy filiali rahbari, yuridik fanlari bo‘yicha falsafa doktori, podpolkovnik Saparbay Allambergenov.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati

Text to speech