Qoraqalpog‘iston Respublikasi Prokurori Erkaboy Tojiyev hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik Baxtiyar Torebekovlar tomonidan Nukus shahri hududlarida kriminogen vaziyatning barqarorligini taʼminlash, shuningdek qish mavsumini betalofat o‘tkazish, aholini tabiiy gaz va energiya resurslari bilan uzluksiz taʼminlashda qiynab kelayotgan muammolari joylarga chiqqan holda o‘rganildi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Prokurori E. Tadjiyev hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri B.Torebekovlar
soha masʼullari hamda hamkor tashkilotlarning mutasaddilari bilan «Hududgaz
Qoraqalpog‘iston» filiali va «Qoraqalpoq hududiy elektr tarmoqlari»
korxonasidagi aholini elektr energiya hamda gaz bilan barqaror taʼminlash
bo‘yicha ishchi guruhlarning chora-tadbirlar rejasi bilan tanishib, faoliyatida
uchraydigan nosozliklarni oldini olish va zudlik bilan bartaraf etish yuzasidan
smenadagi masʼul xodimlarga ko‘rsatmalar berib, aholini gaz va elektr
energiyasi bilan to‘liq taʼminlash vazifasini qo‘ydi. Bundan tashqari, Nukus
shahri «Samanbay» MFYda joylashgan «Najimaddin Kubra» ko‘chasidagi
transformator, aholi tomonidan elektr energiyasiga bo‘lgan talab ortib ketishi
natijasida qisqa to‘qnashuv kelib chiqishi oqibatida xonadonlarga
yetkizilayotgan elektr energiyasidagi uzilishlarining holati o‘rganilib, kelib
chiqqan nosozliklar joyida taʼmirlanib aholiga elektr energiyasini yetkazish
muammolari bartaraf qilindi. Shuningdek, Nukus shahri «Nao‘baxar» MFYda
joylashgan «Shag‘ilsin» ko‘chasida yashovchi fuqarolarning gaz bosimi kamligi
yuzasidan qilgan murojaati tegishli tartibda o‘rganilib, gaz bosimini
kuchaytirish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar amalga oshirildi. o‘rganish
ishlari davomida mutasaddilar tomonidan Nukus shahridagi «Ibrayim Yusupov»
nomidagi maktabning sinfxonalari qish mavsumiga tayyorligi, maktabning isitish
tizimi hamda yong‘inga qarshi moslamalarning ahvoli o‘rganildi.