Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, polkovnik Baxtiyar Torebekov Qorao‘zak tumani hududida joylashgan olis hududlardan sanalgan «Yesimo‘zak» ovul fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi, fuqarolarning muammo va murojaatlarini hal etish yuzasidan sayyor qabuli o‘tkazildi
Xalq bilan ochiq
muloqot qilish orqali inson huquq hamda manfaatlarini taʼminlash, fuqarolarning
farovon, baxtli hayot kechirishi uchun munosib shart-sharoit yaratish maqsadida
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, polkovnik Baxtiyar
Torebekov Qarao‘zak tumani «Yesimo‘zak» mahallasida sayyor qabul o‘tkazdi. Sayyor qabul
jarayonida fuqarolar vazirga o‘z masala va muammosini aytib, atroflicha javob
olishdi. Qabul davomida 21 nafar fuqarolardan turli masalalarda jami 21 ta murojaatlar qabul qilingan bo‘lib, har bir murojaat
tegishli mutaxassislar ishtirokida, joyida atroflicha o‘rganib chiqildi. Eʼtiborlisi shundaki,
murojaatlarning 8 tasi shu yerning o‘zida ijobiy
yechim topdi, 3 tasi yuzasidan fuqarolarga malakali
huquqiy maslahatlar berildi. Ko‘rib chiqish muddat talab etadigan 10 ta murojaatning ijrosi nazoratga olindi. Albatta, bu kabi
sayyor qabullarni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad inson qadri ustuvor
darajaga ko‘tarilgan jamiyatimizda fuqarolarning kundalik turmush tarzida
uchrayotgan muammolarni joyiga borib bartaraf etib, ularni hayotidan rozi
qilishdir.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot
xizmati