27 Iyul 2021 yil 775

Sektor boshliqlari tomonidan Chimboy tumanida fuqarolar murojaatlari o‘rganib chiqildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Chimboy tumanidagi Xalq qabulxonasiga murojaat etgan fuqarolarning murojaatlari sektor boshliqlari tomonidan o‘rganilib chiqildi..
Qabullarda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi raisining o‘rinbosari M.Jumanov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri 3 sektor boshlig‘i A.Temirxanov, Davlat xizmatlari agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi boshlig‘i K.Artыkovlar fuqarolardan kelgan murojaatlarni atroflicha o‘rganib chiqishdi.
Qabul davomida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik A.Temirxanovga fuqarolar tomonidan kelib tushgan murojaatlari atroflicha ko‘rib chiqilib, mas’ul rahbarlarga murojaatlarni qonuniy tartibda hal qilish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.
Xususan, Chimboy tumani «Qыzыl ?zek» ovul fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi S.Saparbayevning kelini nomiga kredit rasmiylashtirishda amaliy yordam so‘ragan murojaati bo‘yicha mas’ul rahbarlarga topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.


Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati.

Text to speech