Seminar bo'lib o'tdi.
O'zbekiston Respublikasi IIV HPBB boshlig'ining 1-o'rinbosari, O'zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash vazirligi boshqarma boshlig'i o'rinbosari, Qoraqalpog'iston Respublikasi Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash vaziri va Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o'rinbosarlari tomonidan O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2020 yil 10 oktyabrь kungi 147-sonli "Huquqbuzarliklarga qarshi kurashish va xizmat faoliyatini takomillashtirish oyligini o'tkazish to'g'risida"gi farmoyishiga asosan o'tkazilayotgan tadbirlar doirasida hamda Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning joriy yil 2 oktyabrь kuni Qoraqalpog'iston Respublikasiga safari davomida jinoyatchilikning barvaqt oldini olish yuzasidan berilgan topshiriqlarni bajarish maqsadida Qoraqalpog'iston Respublikasi Nukus va Kegeyli tumanlarida mahalla fuqarolar yig'inlari raislari va ularning o'rinbosarlari ishtirokida seminarlar tashkil etilib, mahalla fuqarolar yig'inlarida yuritilishi lozim hujjatlar yuzasidan tushunchalar berilib, tajriba almashildi.
Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV Axborot xizmati