14 Avgust 2021 yil 759

Shahar hududida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2021 yil 12 fevral kuni Ichki ishlar vazirligi hay’atining kengaytirilgan yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida, Nukus shahrida jamoat tartibini saqlash, jinoyatlarning barvaqt oldini olish va huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha faoliyatning samaradorligini oshirish maqsadida prokuratura, ichki ishlar, Milliy gvardiya va Nukus shahridagi sektor rahbarlari va boshqa mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda tuzilgan tezkor shtab faoliyatini davom ettirmoqda.
Joriy yilning 13 avgust kuni mazkur shtabning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Prokurorining birinchi o‘rinbosari adliya katta maslahatchisi S. Imatov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari polkovnik B.Rajapov shtab a’zolari va mas’ul xodimlar ishtirok etishdi.
Yig‘ilish davomida rahbarlar tomonidan, shahar hududida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish mahalla hududlari, ayniqsa «qizil hudud»ga kirgan mahallalarning kirish-chiqish joylariga kuzatuv kameralarini o‘rnatish yuzasidan topshiriqlar berildi.
Shuningdek, «Temir daftar», «Ayollar daftari», «Yoshlar daftari»ga kiritilgan fuqarolar bilan ishlash, ularni ijtimoiy-iqtisodiy masalalarda qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash yuzasidan mutasaddi tashkilotlar rahbarlariga tegishli ko‘rsatmalar berildi.


Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati.

Text to speech