16 Sentyabr 2025 yil 38

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i Qonliko‘l tumanida bo‘lib "Oila-maktab-mahalla" tamoyili asosida amalga oshirilayotgan ishlar jarayoni o‘rganildi

Tumanda joylashgan maktablarda o‘quvchilarning darsga qatnashishi, maktab o‘quvchilari o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha "Oila-maktab-mahalla" tamoyili asosida amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganildi. Shuningdek, mahallalardagi profilaktika inspektorlarining xizmat olib borishi, aholi bilan yaqin aloqada bo‘lishi yuzasidan o‘rganilib, tegishli ko‘rsatmalar berildi. Profilaktika inspektorlari faoliyati samaradorligini oshirish, aholi bilan yaqin aloqada bo‘lishi, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish bo‘yicha bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.

 

Text to speech