Sog'lom turmush tarzini targ'ib qilishga qaratildi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 10 noyabrdagi tibbiy profilaktika ishlari samaradorligini yanada oshirish orqali jamoat salomatligini ta'minlashga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida»gi PQ-4887-sonli Qarori hamda O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2020 yil 14 oktyabrdagi «O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar organlarida ommaviy sportni rivojlantirish va sog'lom ovqatlanish turmish tarzini targ'ib qilish bo'yicha chora-tadbirlar dasturi» va 2020 yil 24 dekabrdagi «Ichki ishlar organlarida sog'lom turmish tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi 399-sonli buyrug'i talablarining ijrosini ta'minlash yuzasidan O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining tibbiyot boshqarmasining bir guruh malakali xodimlarining Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining xodimlari bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Uchrashuv, davomida O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Tibbiyot boshqarmasining malakali xodimlari tomonidan sog'lom turmish tarziga rioya qilish to'g'ri ovqatlanishning inson salomatligidagi ahamiyati haqidagi slayd va videoroliklar orqali tushunchalar berildi.
Uchrashuv davomida xodimlar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javoblar berildi.
Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV Axborot xizmati