18 Dekabr 2021 yil 430

Qoraqalpog‘iston Respublikasida 3-sektor hududida istiqomat qiluvchi oilalar o‘rtasida «Sog‘lom va barkamol oila» shiori bilan o‘tkazilayotgan sport va kitobxonlik musobaqalarning Respublika bosqichi g‘oliblari aniqlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5924-son, 2020 yil 30 oktabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6099-son Farmonlari hamda Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 14 dekabrdagi “2020 - 2025 yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash milliy dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 781-son Qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek respublika 3-sektorlarida yashovchi oilalar o‘rtasida sport musobaqalar va kitobxonlik bellashuvlari o‘tkazish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar, Turizm va sport, Madaniyat hamda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirliklari qo‘shma qaroriga muvofiq joriy yilning 18 dekabr kuni musabaqaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 9-15 dekabr kunlari oralig‘ida Qoraqalpog‘iston Respublikasi shahar va tuman bochqichlari ishtirok etib g‘olib bo‘lgan 17 oilalar Respublika bosqichida bellashishdi.
Musobaqaning ochilish tadbirida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik A.Temirxanov, Mahalla va oilani qo‘llab quvvatlash vaziri S.Turmanov Turizm va sport bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari A.Allanazarovlar ishtirok etib, musobaqa ishtirokchilariga omad tilab bugungi kunda mamlakatimizda sport va kitobxonlikka qaratilayotgan e’tibor haqida aytib o‘tishdi.
So‘ng musobaqaga start berilib, ishtirokchilar sport musobaqalarida quvnoq startlar, ovchilar uyini, epchillar sharti, kuchlilar, badminton, stol tennisi, shaxmat va shashka kabi shartlarda kuch sinashgan bo‘lsa kitobxonlik yo‘nalishida ishtirok etgan oilalar o‘zlari va oilasini tanishtirish va o‘qigan kitoblari bo‘yicha savol bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi.
Musobaqa yakunida «Sog‘lom va barkamol oila» shiori bilan o‘tkazilayotgan sport musobaqasida Shumanay tumanidan Ataniyazovlar oilasi, kitobxonlik yo‘nalishida Kegayli tumanidan Utarboyevlar oilasi birinchi o‘rinni egallab musobaqaning keyingi bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, musobaqa g‘oliblari va ishtirokchilariga tashkilotchilar tomonidan tayyorlangan diplom va sovg‘alar tantanali ravishda toshirildi.


Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati.

Text to speech