9 Fevral 2022 yil 795

So'z mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludiga bag'ishlanib vazirlikda tadbir bo'lib o'tdi.

 Ulug' mutafakkir, so'z mulkining sultoni Alisher Navoiyning boy ma'naviy merosi asrlar osha butun bashariyatni hayratga solib, insonlar qalbiga, ongu shuuriga ezgulik, insonparvarlik, saxovat, mehr-muruvvat ziyosini taratib kelmoqda. Mamlakatimizda ulug' bobokalonimizga ehtirom ko'rsatish, asarlarini o'rganish, uni dunyoda keng targ'ib etishga doimiy e'tibor qaratilmoqda. 
Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligida  9 fevral kuni Buyuk shoir tavalludiga 581 yilligiga bag'ishlangan adabiy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi. 
Tadbirga, Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o'rinbosari polkovnik I.Axmedov vazirning maslahatchisi iste'fodagi polkovnik O.Turdaqov va sohaviy xizmatlar xodimlari ishtirok etdi.
Tadbirda, Qoraqalpog'iston Respublikasi yozuvchilar ijodiy uyushmasi a'zosi A.Darmenov, Alisher Navoiyning hayoti va ijodi haqidagi ma'ruzasi bilan ishtirok etdi. Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi IIV Qoraqalpoq akademik litseyi va «Temurbeklar maktabi» harbiy akademik litseyi o'quvchilar tomonidan Alisher Navoiy asarlaridan namunalar o'qildi.
Tadbir vazirlikning «Orol yulduzlari» ansamblining kontsert dasturi bilan davom etdi.
 

Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV Axborot xizmati.

Text to speech