15 Dekabr 2021 yil 531

Sportchimiz munosib kutib olindi.

Oldin xabar berganimizdek, joriy yilning 4-12 dekabr kunlari oralig'ida Taylandning Pkuxet shahrida sportning muaytay turi bo'yicha o'tkazilgan jahon chempionatida Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV Tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbarlik otryadi xodimi Baymuratov Ongar Ayapbergen o'g'li 86 kelogram vazn toifasida ishtirok etib faxrli uchinchi o'rinni egallashga erishdi.
Ongar Baymuratov bugun erta tongda Nukus xalqaro aeroportida tantanali ravishda kutib olindi. Tadbirga Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik A.Temirxanov uning o'rinbosarlari  Qoraqalpog'istonRespublikasi turizm va sport bosh boshqarmasi mas'ul xodimlari va sportchining ota-onasi oila a'zolari va murabbiylari ishtirok etishdi.
Tadbir davomida so'zga chiqqanlar tomonidan yurtimizda sportga qaratilayotgan e'tibor natijasida sportchilarimiz tomonidan erishilayotgan yutuqlar haqida aytib o'tib, sportchiga kelgusi musobaqalarda bundan ham yaxshi natijalarga erishishini tiladi.

Text to speech